1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tarixni yoritgan jurnalistlar rag‘batlantiriladi

O‘zEOAVMA va Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Tarixni yoritgan jurnalistlar rag‘batlantiriladi

 

Poytaxtimizdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o‘tkazildi.

 

Unda O‘zEOAVMA Boshqaruvi raisi Sherzod Qudratxo‘ja, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Xasanov hamda talaba-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 "Tariximizda juda ko‘p oq dog‘lar bor, xususan, jadidchilik davri buyuklari, bugungi zamonlar uchun jonini berishgan. O‘tmishda yurtimiz tarixiga yetarlicha hissa qo‘shgan shaxslar to‘g‘risida hujjatli filmlar, telekanallarning informatsion dasturlarida berib boriladigan qiziqarli lavhalar kiritish rejada bor. Biz bu bo‘yicha nominatsiya eʼlon qilganmiz, eng yaxshi jurnalistlar mukofotlanadi", — dedi O‘zEOAVMA Boshqaruvi raisi Sherzod Qudratxo‘ja.

 

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad, vatanimiz shonli tarixini ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka, jumladan, yosh avlod vakillariga yetkazishdir.

 

Shuningdek, bu jarayonda hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda xalqaro va respublika (dastur, loyihalar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar, uchrashuvlar, rasmiy qabullar, tashriflar va boshqa) tadbirlarida ishtirok etish, ularni nafaqat davlat telekanallari, balki nodavlat teleradiokanallarida ham keng yoritib borish maqsad qilingan.

 

Bundan tashqari, qatag‘on qurbonlari tarixiga bag‘ishlangan turli xil ko‘rsatuv, radioeshittirishlar va boshqa turdagi axborot materiallarini tayyorlash va keng jamoatchilikka yetkazish nazarda tutilgan.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика