O‘zbekistonda 2026 yilgi “Tashabbusli budjet” dasturining yangi mavsumi 1-fevraldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilgi mavsum “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida o‘tkaziladi. Ushbu bosqich dastur joriy etilganidan buyon o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.
“Tashabbusli budjet” doirasidagi tadbirlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- 1–20 fevral — loyihalarni qabul qilish;
- 21 fevral – 7 mart — loyihalarni saralash;
- 8–10 mart — targ‘ibot bosqichi;
- 11–20 mart — ovoz berish jarayoni;
- 21–31 mart — qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash bosqichi.
Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.


