1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqdi

So‘nggi yillarda fuqarolarni asossiz ma'lumotlar bilan Yaponiyaga jo‘natish holatlari kuzatilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqdi

 

So‘nggi yillarda ayrim kasb va yapon tili markazlari, firma va shaxslar tomonidan "Yaponiyada qonuniy ishlash, biznes-hamkor topish, oyiga 3-5 ming AQSH dollari topish, ishchi viza muddati va maqomini qiyinchiliklarsiz uzaytirish imkoniyatlari mavjud" degan asossiz maʼlumotlar berilib, 3-6 ming AQSH dollari evaziga fuqarolarni Yaponiyaga jo‘natish holatlari kuzatilmoqda. Shu bois, O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni hamda musofirdagi yurtdoshlarimizni ogohlantirdi.

 

Xususan, fuqarolar Yaponiyaga 3 oylik biznes viza bilan “soxta tadbirkor" sifatida kirib borib, ular tomonidan mahalliy qonunchilikni buzish, noqonuniy mehnat bilan shug‘ullanish hamda Yaponiyada “qochoq” maqomini olish kabi holatlar ham uchramoqda.

 

Ushbu markaz, firma va shaxslarning noqonuniy faoliyati natijasida Yaponiyaga kirib borish vaqtida aksariyat yurtdoshlarimiz immigratsiya organlari xodimlari tomonidan ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilinmoqda.

 

"Yurtdoshlarimizga xorijda “qochoq” maqomini olishga urinish uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz hamda yolg‘on maʼlumotlar va oson ish takliflariga ishonmaslikni va ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘raymiz", — deyiladi agentlik xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика