1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tashiyev bilan do‘stligimiz saqlanadi, ammo u davlat xizmatiga qaytmaydi — Japarov

Qirgʻiziston prezidenti sobiq xavfsizlik rahbari Kamchibek Tashiyev bilan uchrashdi.

Tashiyev bilan do‘stligimiz saqlanadi, ammo u davlat xizmatiga qaytmaydi — Japarov

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Kamchibek Tashiyev iste’fosidan so‘ng u bilan do‘stona munosabatlar saqlanib qolishini, biroq uning davlat xizmatiga qaytishi rejalashtirilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Prezidentning bildirishicha, ular iste’fodan keyin shaxsan uchrashgan. Davlat rahbari sobiq amaldorga sog‘lig‘iga e’tibor qaratish va dam olish zarurligini tavsiya qilganini ta’kidladi.

 

Japarov kadrlar bo‘yicha qarorlar mustaqil ravishda qabul qilinishini, bu jarayonga hech qanday tashqi bosim yoki kelishuvlar ta’sir qilmasligini qayd etdi. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish tizimidagi islohotlar belgilangan tartibda davom ettirilishi ma’lum qilindi.

 

Davlat rahbari mamlakatda siyosiy beqarorlik, davlat to‘ntarishi yoki muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish ehtimolini rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat boshqaruvi kuch ishlatish emas, balki oqilona va qonuniy yondashuv asosida olib borilishi kerak.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика