1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Tashnalikni qondiruvchi mahsulot

Ayni jazirama, yana koronavirus balosi qayta avj olib turgan pallada immunitetimizning tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligimiz darkor.

Tashnalikni qondiruvchi mahsulot

 

Xalqimiz oftob urganida qatiq ichishni juda foydali, deb biladi. Darhaqiqat, u ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi. Qatiq organizmga ijobiy taʼsir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni yengishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?

Qatiqda ko‘p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog‘lar va organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug‘lar borligi ahamiyatli. Qatiq o‘zining boy tarkibi tufayli organizmda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.

U oson hazm bo‘ladi. Negaki, tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi. Shuningdek, qatiq allergiya chaqirmaydi. Zero, sut tarkibida ko‘plab allergiya qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, ular achitish jarayonida yo‘qoladi. Shu sababli, qatiq yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi. U issiq kunlarda nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика