1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Unda Ukraina tomonidan OAVda O‘zbekistonga oid noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi taʼkidlandi.

Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.

 

Ukraina tomonidan OAVda O‘zbekistonga oid noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi taʼkidlandi.

 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy so‘rovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganish va xolis maʼlumot berishga tayyor.

 

O‘z navbatida, Elchi N.Doroshenko O‘zbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirdi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика