1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tayvan yaqinida yuk kemasi halokatga uchradi

Унинг ичида саккиз киши бўлган.

Tayvan yaqinida yuk kemasi halokatga uchradi

 

22 mart kuni Tayvan qirg‘oqlarida yuk kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, kema Prestige deb nomlangan va Mo‘g‘ulistonda ro‘yxatga olingan. U Tayvandan 90 kilometr uzoqlikda halokatga uchragan. Hozirda mahalliy hokimiyat bu joydan kemalarni aylanib o‘tishini maslahat bergan.

 

Hodisa vaqtida kema bortida sakkiz ekipaj aʼzolari bo‘lgan. Ularning yetti nafari Indoneziya, bir nafari esa Tayvan fuqarolari.

 

Qutqaruv operatsiyasi paytida Indoneziya fuqarolari xavfsiz joyga yetkazilgan. Halokat vaqtida ularning yaqinida bo‘lgan yapon kemasi ularni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Ekipajning sakkizinchi aʼzosi bedarak yo‘qolgan. Uni qidirish ishlar davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy kemasi Yaponiya bilan bahsli hududga kirib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика