1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tayvanlik olim Marsda o‘zga sayyoralikni ko‘rganini aytdi

Uning bo‘yi 30 sm, terisining rangi pushti ekanini ta'kidlagan.

Tayvanlik olim Marsda o‘zga sayyoralikni ko‘rganini aytdi

 

Tayvanlik ufolog Skott Uoring Marsda hayot borligiga 100%lik isbot topganini eʼlon qildi. U NASA tomonidan olingan tasvirni tomosha qilayotib shunday xulosaga keldi, deb xabar bermoqda Mirror nashri. Uoringning xulosalariga ko‘ra, tasvirga tushib qolgan tosh ustidagi narsa marsoxodni kuzatayotgan o‘zga sayyoralik ekani aniq.

 

"Hamma biladiki, men NASAning rasmlarini tomosha qilishni yoqtiraman. Bu safar noyob narsaga guvoh bo‘ldim, bu ongli hayot borligini isbotlaydi", - deydi ufolog.

 

Bundan tashqari, u o‘zga sayyoralikning bo‘yini ham aniqlaganini aytmoqda - 30 sm. Shuningdek, uning siyrak sochlari, terisining rangi pushti ekani va yelkasida sumkasi borligini ham ko‘ribdi.

 

Maʼlumot uchun: Uoring Oyda o‘zga sayyoraliklar kemasini, Saturn yo‘ldoshida minorani, Marsda NUJ avariyasini ham “topgan”.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH federal qidiruv byurosi arxivlaridan o‘zga sayyoraliklarga oid hujjatlar topilgandi.

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика