1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

TDT yuqori mansabdorlari Toshkentda yig‘ildi

Uchrashuvda Samarqanddagi sammit kun tartibi ko‘rib chiqilgan.

TDT yuqori mansabdorlari Toshkentda yig‘ildi

 

Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti yuqori darajali mansabdor shaxslarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, tadbirda a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Tashqi ishlar vazirliklarining tegishli departament rahbarlari, TDT Kotibiyati va boshqa ishchi organlari vakillari ishtirok etgan.

 

Anjumanda Samarqand sammiti va TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibi, dasturi hamda mazkur tadbirlarga kiritiladigan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Turkiy davlatlar tashkilotning birinchi sammiti 11-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика