1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Telegram endi xavfsiz emas

Tarmoq 2000 dan ortiq foydalanuvchining maʼlumotlarini AQSh rasmiylariga topshirdi.

Telegram endi xavfsiz emas

 

Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan so‘ng uch oy ichida Telegram 2000 dan ortiq foydalanuvchining maʼlumotlarini AQSh rasmiylariga topshirdi. Messenjer boti yaqinda Rossiyadan kelgan so‘rovlar haqida hech qanday maʼlumot bermagan.

 

2024-yilda Telegram messenjeri AQSh rasmiylariga 900 ta so‘rovni bajarib, 2253 nafar foydalanuvchi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etdi, deb yozdi "404 Media" ixtisoslashtirilgan sayti. 1-yanvardan 30-sentabrgacha Telegram AQShdan jami 108 foydalanuvchiga taʼsir qilgan "IP manzillar va telefon raqamlari" bo‘yicha bor-yo‘g‘i 14 ta so‘rovni bajargani inobatga olinsa, bu 2024-yil avgustida Fransiyada messenjer asoschisi Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng taqdim etilgan maʼlumotlarning katta o‘sishidan dalolat beradi, - deb taʼkidlaydi "404 Media".

 

Ayni paytda, bot 30-sentabrdan keyin Rossiyadan kelgan so‘rovlar bo‘yicha maʼlumot bermayapti. Telegram 2024-yil to‘qqiz oyida Rossiya Federatsiyasidan birorta ham so‘rovni bajarmaganini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика