Maʼlum qilinishicha, firibgarlarning maqsadi akkauntingizni boshqarish orqali kontaktlaringizga turli xil ko‘rinishlarda zararli havolalar tarqatish va egallab olishdir.
✅ Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi.
⏺Ikki bosqichli autentifikatsiyani o‘rnating;
⏺SMS-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;
⏺Messenjerning “qurilmalar” bo‘limidagi "Faol seanslarni" tekshiring, boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.
Shuningdek, veb platforma orqali sahifaning (havolani) haqiqiy yoki soxta (feyk) ekanligini aniqlab olishingiz mumkin.


