"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot-tahliliy media markazining xabar berishicha, holat tufayli kecha Farg‘ona vodiysinig Qo‘qon – Buvayda peregonining 7-km.ning 5-pk.da № P–93-sonli Andijon - Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi harakati 20 daqiqaga to‘xtagan.
Sababi lokomotiv brigadasi temir yo‘l izlari ichi (koleya)da yotgan odamni ko‘rganidan so‘ng favqulodda tormozlashni qo‘llagan. Poyezd qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalaridan birining hududida to‘xtaydi. Natijada soat 21:50 dan 22:10 gacha ushbu joyda avtotransportning tirbandligi yuzaga keladi.
Mazkur fuqaro mast holda bo‘lgani tahmin qilinmoqda. Favqulodda tormozlanish bilan temir yo‘lda yotgan odam ustidan poyezd o‘tishi oldi olinmagan, lekin uning tanasi po‘lat izlari orasida bo‘lgani bois unga xech nima kilmagan.
Baxtli tasoddif tufayli u kishining nafakat boshi omon qolgan, hattoki voqea joyidan bosh olib qochishga muvaffaq bulgan ham. Yo‘lovchi poyezd texnik ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng , poyezd belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatini davom ettirgan.


