1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ noqonuniy davlat xaridi o‘tkazgani aniqlandi

O‘rganishda 2,6 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olingan.

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ noqonuniy davlat xaridi o‘tkazgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat buyurtmachisi tomonidan 2,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

 

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ buyurtmachiligida jami 2,6 mlrd so‘mlik “taʼmirlash xizmatlari ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning qator talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgan.

 

Qayd etilgan holat yuzasidan Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridining oldi olindi.

 

“O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика