Namangan klubi matbuot xizmati bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze faoliyatini “Navbahor”da davom ettiradi.
Tayinlovdan avval Kapadze klub rahbariyati bilan uchrashib, jamoaning kelgusi mavsumdagi maqsadlari, rivojlanish strategiyasi va umumiy yo‘nalishlari yuzasidan batafsil muzokaralar olib borgan. Tomonlar o‘zaro to‘liq kelishuvga erishganidan so‘ng, shartnoma imzolandi.
“Navbahor” yangi murabbiy bilan klubning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro maydondagi ishtirokini mustahkamlash va mahalliy chempionatdagi natijalarni yanada yaxshilashni maqsad qilgan.


