“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun, 22-iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda.
Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, soat 12:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 9 marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 metr/sekund. Ko‘rish masofasi1000 metrni tashkil etmoqda.
Fuqarolarga ochiq havoda bo‘lmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish tavsiya etilgan. Shuningdek, ochiq havoda bo‘lganda niqob va ko‘zoynak taqish so‘ralgan.


