1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Termizda yangi universitet tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Termizda yangi universitet tashkil etiladi

"Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini qo‘shib yuborish orqali ularning negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi.

 

Universitetda muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda hududning oliy maʼlumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.

 

Universitetda 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

 

Yirik ishlab chiqarish korxonalari universitetning Ilg‘or muhandislik maktabiga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

 

Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.

 

Universitet Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика