"Berdisini aytmay", "xudosini aytib", odamlarni chalg‘itish xayrli emas.
Avvalo aytish kerakki, 1 maydan boshlab, bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lab beriladi. Yaʼni pensionerlar kartasiga 1% ortiqcha pul kelib tushadi.
AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari fuqarolarga naqd pulda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda haq oladi.
Boshqacha aytganda, pensiyasini naqd pulda oladiganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, naqd pul kerak bo‘lmagan pensionerlar uchun pensiya summasi 1%ga ko‘payadi.
Bu nima uchun qilinayapti? Birinchi navbatda qog‘oz shakllarda hisob yuritishning eskirgan shakllaridan voz kechish uchun. Byurokratik zanjirlarni kamaytirish uchun. Pensiya tarqatishda maʼmurchilikni yaxshilash uchun.


