Amerika kompaniyasining yangi elektrokari 20,76 kilometr masofani yetti daqiqayu 30,9 soniyada bosib o‘tgan. Shu tarzda Tesla avtomobili Porsche Taycan tomonidan 2019-yilda o‘rnatilan rekordni 12 soniyaga yangilagan.
Model S Plaid — Tesla tarkibidagi eng tezkor elektromobil. Iyun oyida taqdim etilgan mashina ikki soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi. Mashina bitta quvvatlanish bilan deyarli 650 kilometr yo‘l bosadi, uning maksimal tezligi soatiga 320 kilometrni tashkil qiladi.
Esalatib o'tamiz, avvalroq Teslaning yangi modeli yonib ketgani hamda Tesla kompaniyasi robot-gumanoid ustida ishlayotgani haqida xabar berilgandi.


