Tesla Inc Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Shanxayda Megapack energiya saqlash qurilmalari ishlab chiqaradigan yangi gigafabrika qurishini maʼlum qildi, deya xabar berdi Sinxua agentligi.
Shanxayda bo‘lib o‘tgan loyiha hujjatlarini imzolash marosimida maʼlum qilinishicha, yangi zavod qurilishi joriy yilning uchinchi choragida, ishlab chiqarish esa 2024 yilning ikkinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda yangi gigafabrika yiliga 10 ming Megapack ishlab chiqaradi, umumiy to‘plangan energiya taxminan 40 GVt/soatni tashkil etadi. Ushbu zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotlar butun dunyo bo‘ylab sotiladi.
Tesla saytida taʼkidlanganidek, Megapack — bu quvvatni saqlash va energiyani qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi kuchli modulli batareyalardir. Ulardan foydalanish energiya tizimini barqarorlashtirishga va elektr uzilishlarining oldini olishga yordam beradi. Zavod Shanxayning tajriba erkin savdo zonasining Lingan hududida quriladi.


