Aytishlaricha, hozirgi holatga ko‘ra, test sinovlarini 8-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda. Ruxsatnomalar ham shunga muvofiq, yaqin kunlarda tarqatilishni boshlaydi.
Ammo bu yakuniy rasmiy qaror emas. Davlat qabul komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilinsa, qo‘shimcha xabar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Diniy oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari sanasi maʼlum bo‘lgandi.


