1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Test sinovlari yopiq binolarda bo‘lib o‘tadi

2 yildan buyon sinovlar ochiq havoda o‘tkazilayotgandi.

Test sinovlari yopiq binolarda bo‘lib o‘tadi

 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu yilgi test agar davlat komissiyasi yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari bo‘lmasa, albatta yopiq binolarda o‘tkaziladi.

 

“Bu yil ham abituriyentlar suv va ruchkalar bilan taʼminlanadi. Hisob-kitob talab etiladigan fanlar uchun savollarning oralig‘ida yozishga joy qoldiriladi”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida:  pandemiya sabab 2020/2021-yilgi test sinovlari ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o‘tkazilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-iyundan abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика