AQShning Nyu-Meksiko shtatida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqin sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda CBS News xabariga asoslanib mahalliy OAVlar xabar bermoqda.
AQSh Milliy ob-havo xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida hududda 4–6 santimetr miqdorida yog‘ingarchilik kuzatilgan. Kuchli suv oqimi Linkoln shahrida yashovchi bir oilaning uch a’zosini – ota va ikki farzandini oqizib ketdi. Ular og‘ir jarohatlar olib, hayotlarini yo‘qotdi. Yana bir qancha fuqaro jarohat olgani xabar qilinmoqda, bedarak yo‘qolganlar soni aniqlashtirilmoqda.
Poytaxt Albukerke shahrida ham daryo qirg‘oqlaridan chiqib, shahar hududida suv toshqinlariga sabab bo‘lgan. Milliy ob-havo xizmati aholiga daryolardan uzoqroq yurishni, baland joylarga ko‘chishni tavsiya qilmoqda.
Ruidoso shahrida esa toshqin oqibatida suv oqimi bir nechta binolarni o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda daryo bo‘ylab oqib ketayotgan uylarning videolavhalari keng tarqaldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hafta AQShning Texas shtatida ham yirik toshqin yuz bergan edi. Gvadelupa daryosi sathi tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biriga yetib borgan.


