1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“The Lancet” jurnali O‘zbekiston tajribasini eʼtirof etdi

Unda mamlakatda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilingani alohida qayd etilgan.

“The Lancet” jurnali O‘zbekiston tajribasini eʼtirof etdi

Dunyodagi eng nufuzli tibbiyot nashrlaridan biri sanalgan “The Lancet” jurnali o‘zining so‘nggi maqolasida bolalar saratoni va qon kasalliklariga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi va bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni namuna sifatida tilga oldi.

 

Jurnalda taʼkidlanishicha, kam va o‘rta daromadli davlatlarda bu yo‘nalishda katta muammolar saqlanib qolmoqda: saratonga chalingan bolalarning 30 foizdan kamrog‘i omon qoladi, o‘roqsimon hujayrali anemiyaga chalingan go‘daklarning esa yarmi 5 yoshga yetmasdan vafot etadi.

 

Shu sharoitda O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilingani, Toshkentdagi Xalqaro akademik markazning mintaqaviy klinik tajriba va innovatsiyalar markaziga aylantirilayotgani hamda davolash, parvarish va kadrlar tayyorlashda yagona yondashuv joriy etilgani alohida qayd etilgan.

 

“The Lancet” taʼkidlaganidek, mazkur choralar O‘zbekistonning global sog‘liqni saqlash kun tartibiga uyg‘un va zamonaviy yo‘nalishda amal qilayotganini ko‘rsatadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика