1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“The Washington Post” Afg‘onistonning yangi hukumati aʼzolari haqida maʼlumot to‘pladi

Maʼlumki, shu yilning 7-sentabr kuni Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibi eʼlon qilindi. Yangi hukumat asosan toliblardan tuzilgan.

“The Washington Post” Afg‘onistonning yangi hukumati aʼzolari haqida maʼlumot to‘pladi

 

 

Ammo ularning tarjimai holi jamoatchilikka nomaʼlum. Shu bois“The Washington Post”nashri Afg‘oniston  rahbarlari haqida maʼlumot to‘pladi.

 

“Tolibon” tayinlagan yangi vazirlar asosan harakat asoschisi Mulla Umarning yaqin safdoshlaridan iborat. Joriy hukumat tarkibida xalqaro terrorchilar ro‘yxatida turadigan “Haqqoniy tizimi” rahbarlari va Guantanamo qamoqxonasi mahbuslari ham bor.

 

Afg‘onistonning oliy rahbari kim?

 

Mamlakat oliy rahbari etib tayinlangan Haybatullo Oxunzoda barcha siyosiy, diniy va harbiy qarorlar qabul qilishda hal qiluvchi so‘zga ega. U “Tolibon”ni rasman 2016 yildan boshlab boshqargan, ammo uzoq vaqt davomida ommaga ko‘rinish bermagan. Uning yoshi oltmish atrofida, o‘tmishda toliblarning oliy sudyalaridan bo‘lgan.

 

Yangi bosh vazir — “Tolibon”ning sobiq tashqi ishlar vaziri

 

Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib Muhammad Hasan Oxun tayinlandi. U mulla Umarning yaqin yordamchisi bo‘lgan. “Tolibon” birinchi marta hokimiyatni egallagan davrda avval tashqi ishlar vaziri, keyinchalik bosh vazir o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. Uzoq vaqt mobaynida toliblar kengashini boshqargan.

 

Mulla Barodar–bosh vazir birinchi o‘rinbosari

 

Harakat asoschilaridan biri mulla Abdulg‘ani Barodar bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egalladi. U Donald Tramp prezidentligi davrida toliblarga AQSH bilan muzokaralar o‘tkazishda asosiy vositachilardan biri bo‘lgan. Bu jarayonning kulminatsiyasi Doha kelishuvi bo‘ldi, unga ko‘ra AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi. Bundan avval Tolibon”ning eng taniqli vakili sifatida  u bosh vazir bo‘lishi taxmin qilingan edi.

 

“Haqqoniy tizimi”ning yangi hukumat bilan qanday bog‘liqligi bor?

 

Toliblarning eng radikal qismi — “Haqqoniy tizimi” rahbari Sirojiddin Haqqoniy Afg‘onistonning yangi ichki ishlar vaziri bo‘ldi. Ushbu guruh mamlakatda so‘nggi 20 yil davomida uyushtirilgan qonli teraktlar ortida turgan. Jumladan, 2017-yilda Kobulda yuk mashinasi portlashida “Haqqoniy tizimi”ning qo‘li bor. Terakt oqibatida 150 kishi halok bo‘lgan edi. AQSHda u terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. Guruh “Al-Qoida” bilan yaqin aloqaga ega.

 

Afg‘oniston yetakchilari orasida sanksiyalar va qora ro‘yxatda qayd qilinganlar ham bor.

 

Xususan, yangi bosh vazir mulla Oxun  BMT qora ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, AQSH Federal qidiruv byurosi Sirojiddin Haqqoniyni hibsga olishiga yordam beradigan maʼlumotlar uchun 10 million dollar taklif qilgan.

 

Hozirda yangi hukumat tarkibida ayollar yo‘q. Toliblarxotin-qizlar yuqori darajadagi boshqaruvga jalb qilinmasligini maʼlum qilgan. Shu bilan birga  9-sentabrda Zabihullo Mujohid  (harakat rasmiy vakili hamda axborot va madaniyat vaziri) doimiy hukumatda ayollarga ham o‘rin ajratilishi mumkinligini aytgan.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика