1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Tibbiy xizmat raqamlashtirilmoqda

Endi zarur shifokorlarni topish oson va tez usulda amalga oshirilishi mumkin.

Tibbiy xizmat raqamlashtirilmoqda

Statistika maʼlumotlariga qaraganda, hozirgi kunda eng ko‘p uchrayotgan kasalliklarning aksariyati asab tizimi bilan bog‘liq.

 

Bunday kasalliklarning ko‘pchiligi asablarning zo‘riqishi sababli kelib chiqmoqda. Hatto kichik yoshdagi bolalarda ham turli xil asab kasalliklari uchrab turgani kishini o‘ylantiradi. Bunday holatlarda shifokor nevropatologlarga ehtiyoj ortadi. 

 

Doimiy  ko‘rikdan o‘tib turadigan shifokorlarimizni muayyan sabablarga ko‘ra topolmay qolamiz, natijada boshqa mutaxassis qidirishimizga to‘g‘ri keladi. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida 2019 yilda med24.uz  sayti ishga tushdi.

 

Mazkur portal orqali Toshkent shahridagi tibbiy muassasalar, shifokorlar va tibbiy xizmatlar to‘g‘risida barcha kerakli maʼlumotlarini qidirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, saytda muntazam ravishda arzon sharoitlarda davolanish uchun tibbiy muassasalarda o‘tkazilayotgan aksiyalar haqida yangiliklar, go‘zallik va salomatlik haqida foydali maʼlumotlar, kasalliklar haqida bilimlar ham yoritib boriladi.

 

Portalning yana bir qulay tomoni Telegram-botning ham mavjudligidadir. Bot orqali siz Toshkent shahridagi istalgan tibbiyot muassasidagi shifokor ko‘rigiga real vaqtda yozilishingiz mumkin.

 

Shifokorlardan tashqari portaldan davlat shifoxonalari, poliklinikalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, kosmetologiya klinikalari, diagnostika markazlari, tug‘ruqxonalar, ixtisoslashgan klinikalar ham guruhlarga ajratib ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Jumladan, birgina nevrologiya yo‘nalishi bo‘yicha 274 ta, jarrohlik bo‘yicha 224 ta, stomatologiya bo‘yicha 395 ta, pediatriya bo‘yicha 246 ta, kardiologiya bo‘yicha 249 ta tibbiy muassasa maʼlumoti kiritilgan, bu ro‘yxatlar doimiy ravishda yangilanib boradi.

 

Yana bir foydali jihati, xizmatlar bo‘limida emlash, massaj va manual terapiya, tibbiy maʼlumotnomalar olish bo‘yicha ham klinikalarni topsa bo‘ladi.

 

Portalning o‘zbek va rus tillarida birdek olib borilishi esa aholining barcha qatlamlariga xizmat qilishini taʼminlaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq farmatsevtika sanoatida zarur amaliyotlar markazi tashkil etilishi hamda SSV kimlar vaksina olmasligi mumkinligiga aniqlik kiritilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика