Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasining joriy o‘quv yili uchun oshirilgan kontrakt narxi 9 mln so‘mdan 19 mlnga ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Boymuradov Sh. A. rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, TTA moliyaviy mustaqillikka erishgani munosabati bilan kontrakt narxini o‘zi belgilaydi. Bu yildan oshirilgan kontrakt narxi faqat 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab qabul qilingan talabalar uchun amal qiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari esa davlat tomonidan belgilangan (avvalgi) narx bo‘yicha kontrakt to‘laydi.
Videomurojaatda prorektor talabalar va ularning ota-onalarini ijtimoiy tarmoqlardagi har xil xabarlarga ishonmaslikka chaqirgan.


