1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tibbiyot xodimasi vafoti uchun 795 million so‘m to‘lab berildi

Oliy sud paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasidan marhumaning qizi foydasiga kompensasiya undirish haqida yakuniy qaror chiqardi.

Tibbiyot xodimasi vafoti uchun 795 million so‘m to‘lab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 20-iyundagi ijro varaqasiga ko‘ra, Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi undiruvchi Sh.Ya. foydasiga 795 million 643 ming so‘m to‘lashi belgilangan. Ushbu qaror tibbiyot muassasasi xodimasi mehnat jarayonida baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgani sababli chiqarilgan. Bu haqda Aniq.uz xabar berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, marhuma Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasida ishlagan va xizmat vazifasini bajarish vaqtida yiqilib jarohat olgan. Davolanishiga qaramay, xodima vafot etgan. Shundan so‘ng uning qizi mehnat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimning huquqlari buzilganini asos qilib sudga murojaat qilgan va ish Oliy sudgacha yetib borgan.

 

Oliy sud ishni xolislik bilan ko‘rib chiqib, marhumaning qizi Sh.Ya.ga kompensasiya to‘lash haqidagi qarorni kuchda qoldirgan. Majburiy ijro byurosining Paxtaobod tuman bo‘limi qarorni ijro etish uchun harakatlarni amalga oshirgan. Qarzdor tashkilot mablag‘ni ixtiyoriy ravishda to‘lamagani sabab mol-mulkni xatlash choralari qo‘llangan.

 

Ko‘rilgan majburiy choralar natijasida sud belgilagan 795 million 643 ming so‘m to‘liq undirib berildi. Mazkur holat mehnat jarayonida xodimlarning hayoti va sog‘ligi davlat tomonidan qat’iy himoya qilinishini yana bir bor tasdiqlaydi. Albatta, kompensasiya inson hayotini qaytara olmasa-da, adolat qaror topganining muhim belgisidir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика