1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Tibbiyot yo`nalishida "superkontrakt" bekor qilinishi mumkin

Shuningdek, tibbiyot sohasida sirtqi taʼlimni ochish ham rejalashtirilmayapti.

Tibbiyot yo`nalishida "superkontrakt" bekor qilinishi mumkin

 

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyot yo‘nalishiga o‘qishga kirishda “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish bo‘yicha hukumatga taklif kiritilganini taʼkidladi.

 

Amrillo Inoyatovning so‘zlariga ko‘ra, vazir tibbiyot yo‘nalishidagi “superkontrakt” masalasida fikri ijobiy emas, shuningdek, tibbiyot sohasida sirtqi taʼlimni ochish ham rejalashtirilmayapti. Bundan tashqari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot yo‘nalishida taʼlim oluvchi talabalar endilikda ikki bosqichda imtihon topshiradi.

 

Unga ko`ra, talaba uchinchi kurs tugaganidan keyin fundamental fanlar bo‘yicha birinchi imtihonni topshiradi. Ushbu imtihonni o‘sha oliy taʼlim muassasasi o‘qituvchilari emas, umuman boshqa tashkilot vakillari oladi. Fundamental fanlar imtihonidan o‘tgan talaba 4−5−6-kurslarda klinik fanlar bo‘yicha o‘qitiladi va keyin ikkinchi marta imtihon topshiradi. Talabaning ham fundamental, ham klinik fanlarni to‘liq xalqaro darajada egallaganidan keyin ishlashiga ruxsat beriladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика