1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tibetda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Kuchli yer silkinishlari Hindistonning bir qator shtatlarida ham qayd etilgan.

Tibetda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

 

7 yanvar tongida Xitoyning Tibet muxtor tumanida, Nepal bilan chegara yaqinida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida AQSh geologiya xizmati xabar bermoqda.

 

Zilzila episentri Tibetdagi ikkinchi katta shahar Shigadzedan 163 km olisda bo‘lib, uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

 

Qayd etilishicha, kuchli yer silkinishlari Hindistonning Bixar, Assom va Gʻarbiy Bengaliya shtatlarida ham kuzatilgan. Vahimaga tushgan odamlar uylaridan yugurib chiqishgan.

 

Ayni vaqtda zilziladan jabrlanganlar va talafotlar haqida ma’lumotlar tahlil qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика