1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tibetdagi zilzila qurbonlari 53 nafarga yetdi

Jarohatlanganlar esa 62 kishini tashkil qilmoqda.

Tibetdagi zilzila qurbonlari 53 nafarga yetdi

 

Bu haqida "Al Jazeera" telekanali xabar bermoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 53 kishiga yetgan, jarohatlanganlar esa 62 kishini tashkil qilmoqda.

 

Ma’lum bo‘lishicha, zilzila Shigatze shahrida ro‘y bergan. Uning ta’siri Nepalda ham sezilgan. Xitoy zilzila tarmoqlari markazi mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da 10 km chuqurlikda 6,8 balli zilzilani qayd etgan. AQSh Geologiya xizmati esa zilzila kuchini 7,1 magnituda deb baholagan.

 

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismlarida tez-tez zilzila hodisalari kuzatiladi. 2008-yilda Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida 70 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика