1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Tik Tok platformasi «dostavka» xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi

Endi Tik Tok orqali oziq-ovqat buyurtma qilish mumkin.

Tik Tok platformasi «dostavka» xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi

 

Tik tok 2022 yil mart oyidan boshlab Virtual Dining Sonsepts bilan hamkorlikda “TikTok Kitchen” yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yadi

 

Virtual Dining Sonsepts mashhur blogerlarga faqat yetkazib berish xizmati uchun ishlaydigan restoranlar ochishga yordam beradi. Masalan, kompaniya ko‘magida ishga tushirilgan YouTube blogerining MrBeast restorani uch oy ichida 1 mln dona burger sotgan.

 

Birinchi bosqichda TikTok AQSHda 300 ta, 2022 yil oxiriga kelib esa 1000 dan ortiq “ko‘rinmas” oshxonalarni ochadi.

 

Menyu ilovadagi eng mashhur retseptlar asosida tuziladi. Narxlar boshqa Virtual Dining Sonsept brendlari bilan taqqoslanadi. Masalan, MrBeast burgerining narxi 6,99 dollardan boshlanadi.

 

Avvalroq "TikTok” platformasiga o‘zbek tili qo‘shilishi mumkinligi xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика