1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

TikTok pulli obuna xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Bir kun avval bunday funksiyani Instagram sinovdan o‘tkazgan edi.

TikTok pulli obuna xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi

 

TikTok vakili The Information nashriga ijtimoiy tarmoq blogerlar uchun manfaatli bo‘lgan pullik obunalarni sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqladi, ammo to‘liq tafsilotlarni oshkor etishdan bosh tortdi.

 

Hozircha TikTokda faqat ijtimoiy tarmoqning ichki valyutasi ishlaydi, u orqali mualliflar uchun sovg‘a sotib olishda foydalanish mumkin.

 

TikTok 2021-yil oktyabr oyidan beri 100 000 dan ortiq obunachiga ega blogerlar uchun ayrim xizmatlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Mualliflar $1 dan boshlab istalgan miqdor uchun “choychaqa” olishlari mumkin.

 

Maʼlumot uchun: 2022-yil 19-yanvarda Instagram AQSHda pullik obunalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Hozircha faqat 10 ta bloger obunachilar uchun eksklyuziv postlar, “storiyes"lar va jonli efir uchun haq olishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TikTok platformasi “dostavka” xizmatini yo‘lga qo‘ymoqchi ekani hamda TikTok platformasiga o‘zbek tili qo‘shilishi mumkinligi xaqida xabar berilgandi.

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика