Tinch okeanida yangi alyans tuzildi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, yangi birlashmaga Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yangi Zelandiya aʼzo bo‘lgan. Alyans Partners in the Blue Pacific (PBP) deb ataladi.
"Bugun (24 iyun) besh davlat yangi ko‘p tarmoqli mexanizmni— Partners in the Blue Pacific ishga tushirdi. Ushbu yangi tashabbus bizning mintaqaga bo‘lgan azaliy sadoqatimizni namoyish etadi”, – deyiladi bayonotda.
Tomonlar ushbu hamkorlikni ochiq, inklyuziv va norasmiy bo‘lib qolishini taʼkidlagan.


