1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash uchun 5 mlrd dollar mablag‘ ajratadi — Tramp

AQSh prezidenti a’zo davlatlar mahalliy politsiya tarkibiga minglab xodimlar yuborishini ham ma’lum qildi.

Tinchlik kengashi G‘azoni tiklash uchun 5 mlrd dollar mablag‘ ajratadi — Tramp

 

 


Donald Trampning aytishicha, payshanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Tinchlik kengashiga a’zo davlatlar G‘azo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam uchun 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishini e’lon qiladi.

 

Tramp Truth Social tarmog‘idagi sahifasida 19-fevral kuni Vashingtondagi Donald J. Tramp nomidagi Tinchlik institutida yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur mablag‘ G‘azodagi tiklash ishlari va aholini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

 

Shuningdek, u a’zo davlatlar “g‘azoliklar xavfsizligi va tinchligini ta’minlash” maqsadida Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari hamda mahalliy politsiya tarkibiga minglab xodimlar yuborishga va’da berganini bildirdi.

 

Tramp Tinchlik kengashini “cheksiz salohiyatga ega” tuzilma deya baholab, o‘tgan oy Davosda uning tashkil etilishi nishonlanganini eslatdi. Unga ko‘ra, kengashning asosiy maqsadi nafaqat G‘azoda, balki kengroq miqyosda tinchlikni mustahkamlashdir.

 

Bayonot Indoneziya G‘azoga 8 minggacha askar yuborishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida yangradi. Avvalroq Oq uy G‘azo boshqaruvini nazorat qilish uchun “texnokratik” milliy qo‘mita tuzilganini ma’lum qilgan edi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki yil davom etgan urush oqibatida G‘azodagi infratuzilmaning katta qismi vayron bo‘lgan. BMT hududni tiklash xarajatlarini taxminan 70 milliard dollarga baholamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика