1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

TIVda BAA elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Unda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

TIVda BAA elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

Kecha, 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Al-Qamziy bilan uchrashdi

 

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA hamkorligini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari, umumiy kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi hamda ikki tomonlama tadbirlar jadvali kelishib olindi.

 

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muloqotni, jumladan, vazirliklararo maslahatlashuvlar orqali muntazam davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика