1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

To Lam Vyetnamning yangi prezidenti bo‘ldi

66 yoshli general-mayor Vyetnam tarixidagi 13-Prezidentdir.

To Lam Vyetnamning yangi prezidenti bo‘ldi

Vyetnam Milliy majlisi (bir palatali parlament) chorshanba kuni Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi To Lamni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda VNA agentligi maʼlum qildi. 

 

To Lamni Vyetnam prezidenti etib saylash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani yig‘ilishda qatnashgan Milliy majlisning 473 deputatidan 472 nafari qo‘llab-quvvatladi.

 

Siyosatchining mamlakat prezidenti lavozimiga nomzodi Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi tomonidan 16-18 may kunlari Xanoyda bo‘lib o‘tgan navbatdagi plenumda maʼqullandi.

 

21 may kuni Milliy majlis general To Lamni Vyetnam prezidenti etib saylanishi uchun jamoat xavfsizligi vaziri lavozimidan ozod qildi.

 

Joriy yilning mart oyida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy majlisining tasdiqlangan qaroriga muvofiq, Vo Van Txuong mamlakat prezidenti lavozimidan ozod etilganidan keyin davlat rahbari lavozimi bo‘sh qolgan edi.

 

Maʼlumot o‘rnida: To Lam 1957 yil 10 iyulda Vyetnam shimolidagi Xingen provinsiyasida tug‘ilgan. 1974 yilda davlat xavfsizlik organlari xizmatiga kirgan. U 1979 yilda Markaziy jamoat xavfsizligi maktabini (hozirgi Xalq xavfsizligi akademiyasi) tugatgandan so‘ng o‘z faoliyatini Ichki ishlar vazirligining Siyosiy xavfsizlik birinchi bosh boshqarmasida boshlagan. O‘tgan yillar davomida davlat xavfsizlik organlari tuzilmasida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009 yilda general-mayor unvoni bilan Jamoat xavfsizligi vazirligining birinchi bosh xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

 

2010 yil avgustida jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosari bo‘ldi, 2016 yil aprelida esa vazir lavozimini egalladi. 2019 yil boshida armiya generali unvoni bilan taqdirlandi. Shu tariqa To Lam Vyetnam davlat xavfsizlik idoralari tarixida ushbu oliy harbiy unvonga ega bo‘lgan to‘rtinchi shaxs bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика