Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Reuters agentligi tarqatgan, go‘yoki Tojikiston Afg‘oniston bilan davlat chegarasini qo‘riqlashda Rossiyadan harbiy yordam so‘ragani haqidagi xabarlarni qat’iy rad etdi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, bu ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi va xalqaro auditoriyani chalg‘itishi mumkin.
TIV ta’kidlashicha, mamlakat doimiy ravishda davlat chegarasini mustahkamlashga qaratilgan zarur choralarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, hozirda chegaradagi vaziyat to‘liq nazorat ostida ekani bildirildi.
Bayonotga ko‘ra, Tojikiston–Afg‘oniston chegarasida hech qanday xavotirli holatlar kuzatilmayapti va barqarorlik saqlanmoqda. Tojikiston tomonining fikricha, yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishi noto‘g‘ri tushuncha uyg‘otishi mumkin.


