Tojikistondanning mehnat, migratsiya va bandlik vaziri o‘rinbosari Abdulg‘affor Rahmonzoda boshchiligidagi ishchi guruhning 16–18 fevral kunlari Toshkentga tashrifi yakunlari bo‘yicha migratsiya sohasidagi hamkorlikka oid to‘rtta hujjat imzolangan.
Qayd etilishicha, ular orasida O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligi hamda Tojikiston Mehnat vazirligi migratsiya xizmati o‘rtasidagi memorandum hamda deklaratsiya mavjud.
Ta’kidlanishicha, imzolangan hujjatlar mehnat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan.


