Tojikistonda elektron sigaretlardan foydalanish, ularni ishlab chiqarish ва tarqatishni to‘liq taqiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Milliy palatasi raisi Rustam Emomali o‘zining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu masala Oliy Majlis Milliy palatasining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilib, deputatlarga elektron sigaretlarga nisbatan qonunchilik taqiqini joriy etish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish topshirilgan.
Muhokamalar davomida tibbiyot mutaxassislarining xulosalariga alohida eʼtibor qaratildi. Unga ko‘ra, elektron sigaretlardan, jumladan veyplardan keng ва muntazam foydalanish nafas yo‘llari, yurak-qon tomir tizimi hamda o‘pka kasalliklariga olib kelishi, ayrim hollarda esa saraton kabi og‘ir xastaliklar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi taʼkidlandi.
Parlament yuqori palatasi raisi elektron sigaretlarning ommalashuvi aholining sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirayotganini qayd etib, millat genofondini himoya qilish hamda salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida tezkor ва qatʼiy qonunchilik choralarini ko‘rish zarurligini bildirgan.


