1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ortiqcha vaznli xodimlarni ishdan bo‘shatmoqda

Ortiqcha vaznli xodimlar belgilangan jismoniy talablarni bajargach, lavozimlariga qayta tiklanish imkoniga ega bo‘ladi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ortiqcha vaznli xodimlarni ishdan bo‘shatmoqda

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ortiqcha vaznga ega bo‘lgan xodimlarni xizmatdan chetlashtirish amaliyotini davom ettirmoqda. O‘tgan yili 20 ming nafar xodimning jismoniy tayyorgarligi tekshirilganda, 30 nafari me’yoridan ortiq vaznga ega bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, ulardan 13 nafari vazn yo‘qotib, xizmatga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Vazirlikning kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Husayn Xalilzoda ma’lumotiga ko‘ra, ortiqcha vaznli xodimlar belgilangan jismoniy talablarni bajargach, lavozimlariga qayta tiklanish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Ichki ishlar vazirligi qoidalariga ko‘ra, Tojikiston politsiyasiga bo‘yi kamida 168 sm bo‘lgan erkaklar va 160 sm bo‘lgan ayollar qabul qilinadi. Shuningdek, ularning vazni balandligiga mos kelishi hamda belgilangan chegaradan oshmasligi shart.

 

Mazkur chora-tadbirlar huquq-tartibot organlarida xizmat qiluvchi xodimlarning jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘ini yuqori darajada ushlab turish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика