
Qaror bilan Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021 yil 10 iyun kuni O‘zbekiston hamda Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolangan Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgach, uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Avvalroq Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi doirasida ikki davlat hukumatlari ishchi guruhlari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Akram Xamraqulov tayyorladi.


