1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikiston Rossiyadan Afg‘oniston bilan chegarasini qo‘riqlash uchun harbiy yordam so‘radi

So‘nggi kunlarda Afg‘onistondan sodir bo‘lgan hujumlar oqibatida Tojikistonda Xitoyning besh fuqorosi halok bo‘lgan.

Tojikiston Rossiyadan Afg‘oniston bilan chegarasini qo‘riqlash uchun harbiy yordam so‘radi

 

So‘nggi kunlarda Afg‘oniston hududidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida Tojikistonda ishlayotgan Xitoyning besh fuqorosi halok bo‘lgan, yana besh nafari yaralangan. Shu munosabat bilan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 1-dekabrda mamlakat kuch tuzilmalar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazib, Tojikiston–Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash masalalarini muhokama qildi.

 

Reuters agentligining Tojikiston Xavfsizlik kengashidagi manbasi ma’lum qilishicha, Dushanbe Kolektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) kuchlarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, ammo hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

 

Shu bilan birga, Rossiyaning Tojikistonda joylashgan 201-harbiy bazasi chegarani birgalikda nazorat qilish uchun jalb etilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

 

Afg‘onistondagi ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, “Tolibon” Tojikistondagi Xitoy fuqarolariga uyushtirilgan hujumda ishtirok etganligi gumon qilingan ikki nafar jangarini qo‘lga olgan. Xitoyning Tojikistondagi elchisi Go Chzhitszyun Tojikiston rasmiylari bilan suhbatda fuqarolarining o‘limiga “o‘ta jiddiy hodisa” sifatida qaralayotganini va xavfsizlik kafolatlarini talab qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика