1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikiston Rossiyaga migratsion qaramlikni kamaytirishga intilmoqda

Mamlakat fuqarolarni Yevropa va Osiyo davlatlaridagi yangi mehnat bozorlari bilan bog‘lash orqali migratsiya yo‘nalishlarini kengaytirishni maqsad qilmoqda.

Tojikiston Rossiyaga migratsion qaramlikni kamaytirishga intilmoqda

 

Tojikiston hukumati mehnat migratsiyasi sohasida Rossiyaga bo‘lgan tarixiy qaramlikni kamaytirish va yangi yo‘nalishlarni shakllantirish bo‘yicha siyosatini faollashtirmoqda. Mamlakat rasmiylari fuqarolarni Yevropa va Osiyo davlatlaridagi yangi mehnat bozorlari bilan bog‘lash orqali migratsiya yo‘nalishlarini kengaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda Vesti.kz nashri xabar berdi.

 

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Tojikiston mehnat vaziri Solexa Xolmahamadzoda Benilyuks davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanganini maʼlum qilgan. Shuningdek, Yaponiya hamda Buyuk Britaniya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

 

Hozirgi vaqtda Rossiya Tojikiston fuqarolari uchun asosiy migratsiya yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, ayrim davrlarda Rossiyaga ishlash uchun ketgan tojikistonliklar soni millionlab kishini tashkil etgan.

 

Shu bilan birga, Tojikiston iqtisodiyoti xorijdan pul o‘tkazmalariga yuqori darajada bog‘liq bo‘lib, ayrim yillarda ular mamlakat yalpi ichki mahsulotining katta qismini tashkil etgan.

 

Rasmiylar yangi strategiya orqali qishloq xo‘jaligi, qurilish va tibbiyot kabi sohalarda rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, ichki mehnat bozorini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishni ko‘zlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика