1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikistonda 14 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoq taqiqlanishi mumkin

Tashabbusga ko‘ra, 14–17 yoshdagilar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalana oladi.

Tojikistonda 14 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoq taqiqlanishi mumkin

Tojikiston parlamentining quyi palatasi deputati Dilnoza Ahmadzoda voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha tashabbus bilan chiqdi. Unga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi to‘liq taqiqlanishi, 14–17 yoshdagi o‘smirlar esa faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ulardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

 

Deputat mazkur taklifini rasmiy “Xalq gazetasi”da e’lon qilingan maqolasida bayon etib, bolalar salomatligi va psixologik xavfsizligini ta’minlash uchun mavjud qonunchilikka qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish zarurligini ta’kidladi.

 

Biroq raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislari bunday choralarni qat’iy taqiq shaklida joriy etishdan ko‘ra, ma’rifiy ishlar orqali muammoni hal qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, bolalarni internetdan butunlay uzib qo‘yish real yechim bo‘la olmaydi, aksincha, raqamli savodxonlikni oshirish va ota-onalar hamda pedagoglarni bu jarayonga faol jalb etish muhimdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика