
Tojikiston prezidenti 2020 yilda olimlar va ziyolilar bilan uchrashuvda bunday munosabat sababi deb «ilmiy rahbarlarning harakatsizligi, abituriyentlarning beparvoligi va dissertatsiyalarning yuzaki tuzilishi» ekanligini qayd etgan.
«Bu zamonaviy texnologiyalar davrining kasalligi bo‘lib, u yosh olimlar va ularning rahbarlariga yuqadi. ‘Dissernet‘ portali tomonidan plagiatda ayblangan 40 nafardan ortiq olim ilmiy ishlarini iqtisodiy va ijtimoiy mutaxassisliklar, shu jumladan, siyosatshunoslik va pedagogika bo‘yicha dissertatsiyalar kengashlarida himoya qilgan», — deydi Tojikiston rahbari.

Avvalroq Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlangani hamda Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi doirasida ikki davlat hukumatlari ishchi guruhlari o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Akram Xamraqulov tayyorladi.


