Tojikiston sunʼiy intellekt sohasida tarixiy qadam tashladi — mamlakatda dunyodagi ilk sunʼiy intellektga ixtisoslashgan maxsus hudud Area AI tashkil etildi. Loyiha shu yil oktyabrda ishga tushirilgan bo‘lib, u sunʼiy intellektni rivojlantirish, maʼlumot markazlari va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini birlashtiruvchi zamonaviy texnopark vazifasini bajaradi.
Tojikiston hukumati 2022 yilda qabul qilingan “Sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi” doirasida bu tashabbusni amalga oshirdi. Hujjatga ko‘ra, 2040 yilgacha sunʼiy intellekt mamlakat yalpi ichki mahsulotiga kamida 5 foiz hissa qo‘shishi rejalashtirilgan.
Area AI zonaning asosiy maqsadi — mahalliy va xalqaro mutaxassislar uchun ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish maydoni yaratish, sunʼiy intellekt modellarini, ayniqsa mahalliy tillardagi raqamli yechimlarni ishlab chiqishdir. Loyiha doirasida BAA, AQSH, Singapur va Hindiston kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Muttaxassislar fikricha, mazkur qadam Tojikistonni Markaziy Osiyoda sunʼiy intellekt bo‘yicha yetakchi davlatga aylantirishi mumkin. Biroq mutaxassislar malakali kadrlar, sarmoya va texnologik infratuzilma masalalari hal etilishini muhim deb hisoblamoqda.


