Kuchli yomg‘irdan so‘ng ikki yosh cho‘pon Chashma qishlog‘i yaqinidagi adirlardan oqib kelayotgan chorva mollarini seldan qutqarib qolishga harakat qilgan, biroq oxir-oqibat o‘zlari ham ofat qurboniga aylangan.
Bundan tashqari, Qoratog‘ daryosi sathi ko‘tarilib, atrofdagi turar-joy binolarini suv bosishi xavfi tug‘ildi. Hozirda favqulodda komissiya voqea joyida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.


