1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tojikistonda Starlink interneti rasman ishga tushirildi

Xizmat chekka hududlarda ham yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkonini beradi.

Tojikistonda Starlink interneti rasman ishga tushirildi

 

Tojikistonda Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati rasman ishga tushirildi. Kompaniya rasmiy bayonotiga ko‘ra, yuqori tezlikdagi va kam kechikishli internet endilikda ushbu mamlakat hududida ham mavjud bo‘ldi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha mamlakat hukumati bilan litsenziyalash kelishuvlari asosida amalga oshirilgan. Starlink texnologiyasi ayniqsa yer usti internet infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmagan yoki beqaror bo‘lgan chekka va tog‘li hududlarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkonini yaratadi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xizmat uchun oylik to‘lov taxminan 1100 somoniy (qariyb 117 dollar), uskunalar narxi esa 2700 somoniy (taxminan 288 dollar) atrofida belgilangan.

 

Ta’kidlanishicha, Starlink Markaziy Osiyoda bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xizmat avvalroq Qozog‘istonda ham ishga tushirilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика