Bugun, 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 09:20 da (Grinvich bo‘yicha 04:20 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 37,61 gradus shimoliy kenglik; 73,25 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 100 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 534 km janubiy-sharqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Qirg‘iziston va Tojikiston hududida 4 ta zilzila qayd etilgandi.


