1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Tokio-2020 kundaligidan: Uchinchi kun bellashuvlari qanday davom etmoqda?

Taekvondochimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) ham Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi.

Tokio-2020 kundaligidan: Uchinchi kun bellashuvlari qanday davom etmoqda?

 

Hamyurtimiz ilk bosqichda dominikanlik raqibini mag‘lub etdi. Moises Ernandesga qarshi kechgan bahs 17:7 hisobi bilan yakunlandi. Shu tariqa hamyurtimiz musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi. Vakilimiz chorak finalda ozarbayjonlik Milad Begi bilan bellashadi.

 

O‘zbekistonlik yana bir taekvondochi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Nigora Tursunqulova (-67 kg) xitoylik raqibasi bilan kuch sinashdi. U muosasiz kechgan janglarda kuchli raqibalaridan biri xitoylik Jang Mengyu bilan bahslashdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, g‘olib qo‘shimcha bo‘limda aniqlandi. Oltin ochko uchun kechgan bahsda xitoylik taekvondochi ustun keldi. Endi Mengyu finalga chiqqan taqdirda hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

 

Qilichbozimiz Zaynab Dayibekova ham Tokio-2020 o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. Biroz avval u navbatdagi raqibini ham mag‘lub etdi. Ikkinchi davrada hamyurtimizga Osiyo o‘yinlari finalchisi xitoylik Yatsi Shao raqiblik qildi. Dayibekova ushbu bellashuvni ham ko‘ngildagidek o‘tkazib, 15:10 hisobida ustun keldi. Keyingi davrada Zaynab Italiya va Janubiy Koreya vakillari o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi kurashadi.

 

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Hikmatulloh To‘rayev Olimpiadadagi o‘z ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. -73 kilogramm vazn toifasidagi sportchi ilk davrada germaniyalik Igor Vantdekeni mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Keyingi bosqichda Hikmatulloh koreyalik An Changrimga qarshi tatamiga chiqadi.

 

Hozirgina amaldagi Olimpiya chempioni Shahobiddin Zoirov ilk jangini o‘tkazdi . Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Shahobiddin Zoirov (-52 kg) turkiyalik Batuxan Chiftchini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Amaldagi Olimpiya va jahon chempioni Zoirov raqibiga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Hatto, ikkinchi raundda Chiftini nokdaun holatiga tushurishga ham ulgurdi. Bahsni boshqarib borgan hakamlarning barchasi uning g‘alabasini eʼtirof etishdi. Shahobiddin Zoirov keyingi davrada Kabo-Verde vakili David De Pinaga qarshi ringga ko‘tariladi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика